O'zbekiston

O‘zbekistonda hafta oxirida yana jazirama kuzatiladi

Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda hafta oxirida yana jazirama kuzatiladi

 

"O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib, yakshanba kuni 36–39 darajagacha, respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa 40–42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, 24-iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

 

Toshkent shahrida esa dam olish kunlari kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Shanba kuni havo harorati 35–37 daraja, yakshanba kuni esa 36–38 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"