O'zbekiston

O‘zbekistondagi muzeylardan 500 dan ortiq eksponat yoqoldi

Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va Sirdaryo viloyati muzeyi fondlarida eksponatlar yetishmayotgani aniqlandi.

O‘zbekistondagi muzeylardan 500 dan ortiq eksponat yoqoldi

 

Respublikadagi davlat muzeylarida o‘tkazilayotgan inventarizatsiya jarayonida ayrim muzey fondlarida eksponatlar yetishmayotgani aniqlandi.

 

Madaniy meros agentligining ma’lum qilishicha, inventarizatsiya komissiyasi Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va uning filiallari, jumladan, G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiy muzeyi fondlarida 500 ga yaqin muzey buyumi, shuningdek, Sirdaryo viloyati davlat tarix va madaniyat muzeyi kolleksiyasida 16 ta muzey eksponati yetishmayotganini aniqlagan.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqiy baho berish va tegishli choralarni ko‘rish maqsadida materiallar belgilangan tartibda prokuratura organlariga yuborilgan.

 

Qayd etilishicha, inventarizatsiya O‘zbekiston Prezidentining “Muzeylarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturaning qo‘shma yig‘ilishi bayonnomasi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur jarayon respublika muzeylari fondlarida saqlanayotgan muzey buyumlari va kolleksiyalarining saqlanish holatini bosqichma-bosqich o‘rganishga qaratilgan.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"