O'zbekiston

Tanzila Norboyeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

Oliy Majlis Senati raisi davlat va jamiyat boshqaruvi, parlament faoliyatini rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirishdagi xizmatlari uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

Tanzila Norboyeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.

 

Farmonda qayd etilishicha, Tanzila Norboyeva davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Yangi O‘zbekistonda parlament faoliyatini rivojlantirish, demokratik islohotlarni izchil amalga oshirishdagi alohida xizmatlari uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, uning milliy davlatchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, inson qadrini ulug‘lash, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosiga qo‘shgan hissasi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtiroki e’tirof etilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.