O'zbekiston

Toshkentda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi

Bunga anomal issiq sharoitida tozalash xizmati xodimlari ishga jalb etilgani hamda ularga zarur mehnat sharoitlari yaratilmagani sabab bo‘ldi.

Toshkentda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi

 

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida anomal issiq sharoitida tozalash xizmati xodimlarini ishga jalb qilish holati yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda 18-iyul kuni Shota Rustaveli ko‘chasida yuqori havo haroratiga qaramay obodonlashtirish xodimlari ishlayotgani aks etgan videolar tarqalganidan so‘ng holat o‘rganilgan.

 

Tekshiruv davomida Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasida mehnatni muhofaza qilish talablari buzilgani, jumladan, obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilmagani aniqlangan.

 

Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi (mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) asosida ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.