O'zbekiston

Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

Qurilish ishlari yo‘lning markaziy qismida amalga oshiriladi, transport harakati esa chekka polosalar orqali davom ettiriladi.

Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

 

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (Bus Rapid Transit) yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanadi. Bu haqda Yo‘l harakatini boshqarish markazi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, poytaxt aholisi tomonidan ijobiy baholangan Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT yo‘lagi endilikda Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab davom ettiriladi.

 

Shu munosabat bilan 2026-yil 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘lni BRT talablari asosida moslashtirish ishlari olib boriladi.

 

Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida mazkur yo‘l qismi transport harakati uchun to‘liq yopilmaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markazidagi to‘rtta harakatlanish polosasida amalga oshiriladi.

 

Shu bilan birga, har ikki yo‘nalishda transport vositalari yo‘lning o‘ng chekkasidagi ikkita harakatlanish polosasi orqali harakatlanishda davom etadi. Haydovchilarga mazkur hududdan harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish va vaqtinchalik yo‘l harakati tashkil etilishiga amal qilish tavsiya etildi.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"