O'zbekiston

Urganchda shokolad ichidan “gashish” aniqlandi

Yangiqo‘rg‘onda esa 423 tup kannabis yetishtirilayotgani fosh etildi.

Urganchda shokolad ichidan “gashish” aniqlandi

 

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Xorazm va Namangan viloyatlarida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, DXX, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Xorazm viloyati Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2000-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro Rossiya Federatsiyasidan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtda ushlangan.

 

Tekshiruv davomida jo‘natma ichidagi 10 dona shokolad qadoqlariga yashirilgan jami 967 gramm “gashish” moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli yer maydonida 423 tup kannabis o‘simligini kelgusida sotish maqsadida parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

 

Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"