O'zbekiston

Abituriyentlar uchun OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash boshlandi

Tanlov 8-avgustga qadar davom etadi.

Abituriyentlar uchun OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash boshlandi

 

Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni boshlandi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligining ma'lum qilishicha, abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali o‘z tanlovini amalga oshirishi mumkin.

 

Dastlab abituriyentlar tanlov ustuvorligi va maqsadli qabul bo‘yicha tanlovni belgilaydi. Shundan so‘ng test topshirilgan fanlar majmuasi hamda ta’lim tiliga mos ravishda 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini, shuningdek, ta’lim shaklini tanlaydi.

 

Ta’lim yo‘nalishlarini bitta yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. Tanlov yakunlangach, ma’lumotlar SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodi yordamida tasdiqlanadi va abituriyentning qayd varaqasi shakllantiriladi.

 

Abituriyentlar tanlov muddati yakuniga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi hamda qayd varaqasini qayta yuklab olishi mumkin.

 

Talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani haqidagi yakuniy natijalar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"