O'zbekiston

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

 

Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan texnogen avariyani bartaraf etish ishlariga Xitoyning CCDC burg‘ilash kompaniyasi mutaxassislari jalb etiladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma'lum qildi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Xitoy milliy neft korporatsiyasi (CNPC) tarkibidagi CCDC burg‘ilash kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Unda Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan texnogen avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Muloqot davomida avariyani bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni imkon qadar tez boshlash uchun tayyorgarlik jarayonlarini qisqa muddatlarda yakunlash zarurligi qayd etildi. Shu maqsadda obyektga maxsus burg‘ilash qurilmalari, yuqori bosim sharoitida ishlashga mo‘ljallangan texnologik uskunalar va boshqa zarur texnik vositalarni yetkazish, shuningdek, malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini belgilangan muddatlarda boshlash hamda texnik yechimlarni tezkor qabul qilish uchun ikki kompaniya mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi.

 

Shuningdek, uchrashuvda texnogen avariya to‘liq bartaraf etilgach, neft-gaz sohasida yangi burg‘ilash va geologiya-qidiruv loyihalarini birgalikda amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"