Jahon

Eron Trampning muzlatilgan aktivlar haqidagi bayonotini keskin qoraladi

Tehron bunday qadam davlatlar suvereniteti hamda xalqaro moliya tizimiga jiddiy putur yetkazishi mumkinligini ta’kidladi.

Eron Trampning muzlatilgan aktivlar haqidagi bayonotini keskin qoraladi

 

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH prezidenti Donald Trampning Eronning muzlatilgan xorijiy aktivlaridan foydalanish haqidagi bayonotini "o‘tga yog‘ sepish bilan barobar" deb baholadi. Uning aytishicha, bunday qaror xalqaro moliya tizimi va davlatlar suverenitetiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bu haqda Aljazeera xabar berdi.


 
Avvalroq Tramp AQSH nazoratidagi Eron mablag‘lari mintaqadagi mojaro oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkinligini bildirgandi. U bu mablag‘lar AQSH ixtiyorida ekanini va zarurat tug‘ilganda ulardan foydalanilishini aytgan.


 
Aroqchining ta'kidlashicha, agar bir davlat boshqa mamlakatning muzlatilgan aktivlarini o‘z xohishiga ko‘ra sarflashni boshlasa, bu xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini izdan chiqaradi. Vazir bunday amaliyot kelajakda boshqa davlatlar uchun ham xavfli tajribaga aylanishidan ogohlantirdi.


 
Eron va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi haftalarda yanada keskinlashgan. Harbiy to‘qnashuvlar, o‘zaro tahdidlar va iqtisodiy bosimlar fonida muzlatilgan Eron aktivlari masalasi ham ikki davlat o‘rtasidagi asosiy tortishuvlardan biriga aylangan.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"