Jahon

Eron Yevropa Ittifoqini ikkiyuzlamachilikda aybladi

Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining Tehronga qarshi yangi sanksiyalarini keskin tanqid qildi.

Eron Yevropa Ittifoqini ikkiyuzlamachilikda aybladi


 
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Bag‘ayining aytishicha, Yevropa davlatlari inson huquqlari himoyasi haqida tez-tez bayonot beradi, biroq uning fikricha, Isroil va AQSHning Eronga qarshi harbiy harakatlari oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi va infratuzilmaga yetkazilgan zarar yuzasidan sukut saqlayveradi. Shu sababli u Yevropa siyosatini "ikki xil standart"ga asoslangan deb baholadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Bag‘ayining bayonoti Yevropa Ittifoqi besh nafar eronlik sudya hamda Ashiyane kiberguruhi asoschisi Nima Solihiyga nisbatan inson huquqlari buzilishiga aloqadorlik ayblovi bilan yangi sanksiyalar joriy etganidan so‘ng berildi. Bryussel bu shaxslar Eronda ichki repressiyalar va axborotni cheklash bilan bog‘liq faoliyatda ishtirok etganini bildirgan.


 
Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat bo‘yicha vakili Kaja Kallas esa dunyo e'tibori Yaqin Sharqdagi urushga qaratilgan bo‘lsa ham, Erondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat e'tibordan chetda qolmasligi kerakligini ta'kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, YI inson huquqlarini buzishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash siyosatini davom ettiradi.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"