O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni yetakchi xalqaro telekanallarda Yangi O‘zbekistonning yirik madaniy-ma’rifiy loyihasi — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan uchta hujjatli filmning ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Filmlar «Rossiya 24», «Rossiya Kultura» va Euronews telekanallari orqali efirga uzatilib, ko‘p millionli auditoriyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu loyihaning yaratilish tarixini taqdim etdi.

 

«Rossiya 24» telekanali Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida «Masterskaya» kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan 41 daqiqalik «Movarounnahr sivilizatsiyasi» hujjatli filmini namoyish etdi. «Rossiya Kultura» telekanali esa Markaz ishtirokida «DiVi» telekompaniyasi tomonidan tayyorlangan 39 daqiqalik «O‘zbekiston. Yangi koinot» hujjatli filmini efirga uzatdi.

 

Shuningdek, Euronews tahririyati ushbu betakror majmuaning yaratilish tarixi va xalqaro ahamiyatiga bag‘ishlangan maxsus 8 daqiqalik hujjatli filmni namoyish qildi. Mualliflik yondashuvlari va televizion formatlari turlicha bo‘lishiga qaramay, barcha uch filmni yagona g‘oya birlashtirib turadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan ilk bor ilgari surilgan ulkan tashabbus haqida hikoya qilinadi. Ana shu tashabbus islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrash va keng targ‘ib qilishga qaratilgan dunyodagi eng yirik markazlardan birini barpo etishga asos bo‘ldi. Hujjatli filmlarda loyihaning amalga oshirilish tarixi bosqichma-bosqich ochib beriladi.

 

Unda davlat rahbari tashabbusini ilgari surishdan tortib, qurilish ishlarining boshlanishi, majmuaning ochilishi, noyob muzey ekspozitsiyasining shakllantirilishi, bebaho madaniy boyliklarning Vatanga qaytarilishi, zamonaviy ilmiy-tadqiqot infratuzilmasining yaratilishi hamda «Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat sari» mavzusidagi Birinchi xalqaro forumning o‘tkazilishigacha bo‘lgan jarayonlar yoritilgan.

 

Filmlarda loyihaning xalqaro e’tirofi ham alohida o‘rin egallaydi. Ularda davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, dunyoga mashhur olimlar va ekspertlarning O‘zbekistonning umuminsoniy madaniy merosni asrash, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash borasidagi hissasiga bergan yuksak baholari keltirilgan.

 

Bir kunda uchta hujjatli filmning bir vaqtning o‘zida namoyish etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga bo‘lgan xalqaro qiziqish tobora ortib borayotgani va uning jahon professional hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi. Har bir film ushbu loyihaning o‘ziga xos tarixini hikoya qiladi. Bugun u umumiy tarixiy merosga hurmat, ma’rifat va xalqaro hamkorlik ramziga aylangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.