O'zbekiston

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

 

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida o‘lgan itni Damas avtomobiliga bog‘lab sudragan fuqaroga nisbatan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

 

Qashqadaryo viloyati IIBning ma’lum qilishicha, 24-iyul kuni soat taxminan 13:18 da Qamashi tumani “Quyi yangi” mahallasida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli Damas rusumli avtomashina bilan harakatlanayotib, yo‘l chetida nobud bo‘lgan itni ko‘rgan.

 

Aniqlanishicha, fuqaro hayvonni avtomobilning orqa qismiga bog‘lab sudrab ketgan. Holatni Qarshi–Shahrisabz avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan boshqa haydovchilar ko‘rib qolgan hamda avtomobilni to‘xtatib, vaziyatga oydinlik kiritgan.

 

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy baho berish uchun JIB Qamashi tuman sudiga yuborilgan.

 

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.