Jahon

Ruminiya havo hududiga kirgan yana bir dron yo‘q qilindi

Ukraina janubidagi jangovar harakatlar fonida mamlakat havo hududiga kirgan dron harbiylar tomonidan yo‘q qilingan.

Ruminiya havo hududiga kirgan yana bir dron yo‘q qilindi

 

Ruminiya prezidenti Nikushor Danning ma'lum qilishicha, dron mahalliy vaqt bilan soat 08:30 atrofida Dunay deltasi hududidagi Sfantu Georghe shahridan taxminan 10 kilometr g‘arbda urib tushirilgan. Operatsiya Ruminiya harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Ruminiya Mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan tergov boshlaganini bildirgan. Harbiylar dronning qoldiqlari topilgan hudud o‘rab olinganini va mutaxassislar uning kelib chiqishi hamda parvoz yo‘nalishini aniqlash ustida ishlayotganini ma'lum qilgam. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronagarchilik qayd etilmagan.


 
Bir kun avval ham Ruminiya F-16 qiruvchi samolyoti mamlakat havo hududini buzgan dronni urib tushirgandi. Prokuratura olib borgan dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, o‘sha dron Rossiyaga tegishli bo‘lishi mumkin. Bu Ruminiya Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan buyon o‘z havo hududiga kirgan dronni ilk bor urib tushirgani bo‘lgan.


 
So‘nggi yillarda Rossiyaning Ukrainadagi Dunay portlariga uyushtirgan zarbalari vaqtida bir necha bor dronlar va ularning parchalari Ruminiya hududiga tushgan. Shundan so‘ng mamlakat sharqiy chegaralarida havo mudofaasi kuchaytirilib, bunday holatlarda harbiy aviatsiya tezkor ravishda havoga ko‘tariladigan tartib joriy etilgan.
 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.