O'zbekiston

Toshkent aeroportida 11,8 kg gashish moyi musodara qilindi

Narkotik moddalar O‘zbekiston orqali qo‘shni davlatga tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan.

Toshkent aeroportida 11,8 kg gashish moyi musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida xorijdan olib kelingan yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi musodara qilindi.

 

DXX ma'lum qilishicha, “Bangkok – Dehli – Toshkent” aviayo‘nalishi orqali poytaxtga uchib kelgan 2005-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan. Uning chemodanlari belgilangan tartibda tekshirilganda, shampun idishlariga yashirilgan 11,8 kilogramm gashish moyi borligi aniqlangan.

 

Tezkor tadbirning keyingi bosqichida mazkur giyohvandlik vositasi Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonga qoldirilgan. Uni olib ketish uchun kelgan 2001-yilda tug‘ilgan Chirchiq shahri fuqarosi ham qo‘lga olingan.

 

Dastlabki tergovga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalari Tailanddan O‘zbekiston orqali qo‘shni davlatlardan biriga tranzit tarzida yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"