O'zbekiston

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning qatnov qismiga yotib olgan ayol aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

 

Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, hodisa 2026-yil 25-iyul kuni soat taxminan 08:00 da Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Beshariq ko‘chasida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro Ye.A. mast holatda yo‘lning qatnov qismiga yotib olib, transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit bergan hamda jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

 

Fuqaro bilan o‘tkazilgan suhbat davomida uning spirtli ichimlik ta’sirida ekani aniqlangan. Shundan so‘ng ichki ishlar va tibbiyot xodimlari tomonidan u 4-shahar klinik shifoxonasi hududidagi hushyorxonaga olib borilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli huquqiy qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.