Jahon

UNESCO Falastin va Livandagi tarixiy obidalarni Jahon merosi ro‘yxatiga kiritdi

Yaqin Sharqdagi mojaro sabab bu obyektlar xavf ostidagi meroslar ro‘yxatiga ham qo‘shildi.

UNESCO Falastin va Livandagi tarixiy obidalarni Jahon merosi ro‘yxatiga kiritdi


 
Qaror Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tkazilgan UNESCOning Jahon merosi qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi. Qo‘mita Sebastiya va Mount Amel qal'alarini favqulodda tartibda ko‘rib chiqib, ularni bir vaqtning o‘zida Jahon merosi ro‘yxati hamda Xavf ostidagi Jahon merosi ro‘yxatiga kiritdi. Bunga Yaqin Sharqdagi davom etayotgan qurolli mojarolar sabab qilib ko‘rsatilgan. Bu haqda APnews xabar berdi.


 
Sebastiya Nablus shahri yaqinida, Isroil bosib olgan G‘arbiy Sohilda joylashgan bo‘lib, tarixchilar uni qadimgi Samariya - Bibliyada tilga olingan Isroil podshohligining poytaxti sifatida e'tirof etadi. Hududda temir davri, Rim, Vizantiya va islom davriga oid arxeologik yodgorliklar saqlanib qolgan. Shuningdek, xristian va islom an'analariga ko‘ra, Yahyo payg‘ambar shu yerda dafn etilgan.


 
Livandagi Mount Amel hududidan ro‘yxatga kiritilgan beshta qal'a esa salibchilar, Ayyubiylar, Mamluklar va mahalliy me'morchilik an'analarini o‘zida mujassam etgani bilan tarixiy ahamiyatga ega. Ular orasida Isroil qo‘shinlari joriy yil may oyida egallagan Beaufort qal'asi ham bor.


 
Isroil Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorni tanqid qilib, nomzodlar siyosiy maqsadlarda ilgari surilganini va Sebastiyaning yahudiy hamda xristian tarixini inkor etishga urinish ekanini bildirgan. Shuningdek, Isroil Beaufort qal'asi hududidan "Hizbulloh" harbiy maqsadlarda foydalanayotganini da'vo qilgan. Livan vakillari esa qal'alar 2000-yildan buyon faqat madaniy va turizm maqsadlarida foydalanib kelinayotganini ta'kidlagan. UNESCO esa barcha nomzodlar bir xil mezonlar asosida baholanishini va tashkilot siyosiy nizolar bo‘yicha taraf tutmasligini ma'lum qilgan.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"