O'zbekiston

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Biri texnik stajyor vizasi, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan.

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

 

Yaponiya Immigratsiya xizmati mamlakat hududida noqonuniy yashab kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, deportatsiya qilingan fuqarolardan biri Yaponiyaga texnik stajyor (Technical Intern Training Program) vizasi bilan kirgan bo‘lib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolgan. Ikkinchi fuqaro esa qisqa muddatli viza bilan kirib, vizasi muddati tugaganidan so‘ng ham Yaponiyani tark etmagan.

 

Har ikkala fuqaro keyinchalik Yaponiya huquqni muhofaza qiluvchi va immigratsiya organlari tomonidan ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

 

Elchixona noqonuniy yashash yoki noqonuniy mehnat faoliyati aniqlangan taqdirda qoidabuzarlar hibsga olinishi, immigratsiya markaziga joylashtirilishi hamda deportatsiya qilinishi mumkinligini eslatdi. Shuningdek, bunday shaxslar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekistonning tegishli idoralariga ham yuborilishi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi | Zamon.uz