O'zbekiston

Yil boshidan buyon bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka oid 8 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2026-yilning dastlabki olti oyida Bolalar ombudsmaniga 1147 ta murojaat kelib tushgan.

Yil boshidan buyon bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka oid 8 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) 2026-yilning dastlabki olti oyidagi faoliyati yuzasidan brifing o‘tkazdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida Bolalar ombudsmani nomiga 1147 ta murojaat kelib tushgan.

 

Murojaatlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga oid 8 ta jinoyat ishi va 15 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi 6 ta qaror asossiz deb topilib, prokuratura tomonidan bekor qilingan va qayta o‘rganish uchun yuborilgan.

 

Hisobot davrida bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan muassasalarga 56 marotaba monitoring tashrifi amalga oshirilib, u yerda saqlanayotgan 1289 nafardan ortiq bola bilan yakka va jamoaviy suhbatlar o‘tkazilgan.

 

Bolalar huquqlari buzilishi holatlari yuzasidan jami 18 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan. Jumladan, 4 ta ogohlantirish, 7 ta taqdimnoma, 5 ta xulosa hamda 2 ta sud hujjati ustidan protest keltirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritilgan.

 

Shuningdek, bola huquqlariga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 43 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha takliflar berilgan, bolalar huquqlarini targ‘ib etishga oid 1048 ta media material e’lon qilingan.

 

Bundan tashqari, Bolalar ombudsmani UNICEF bilan hamkorlikda 9500 nafardan ortiq bola ishtirokida ijtimoiy so‘rov o‘tkazgan. Xalqaro va milliy hamkorlar bilan olib borilgan ishlar natijasida esa 22 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"