Jahon

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Qurolli to‘qnashuvlar kuchayishi "Tolibon" boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq muammolar oqibati sifatida baholanmoqda.

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Badashon viloyatining Zebak tumanida "Tolibon" kuchlari va Afg‘oniston Ozodlik fronti (AFF) o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi.

 

Amu TV xabariga ko‘ra, mahalliy manbalar janglar payshanba kuni kechqurun boshlanib, bir necha soat davom etganini bildirgan.

 

Ozodlik fronti siyosiy qo‘mitasi rahbari Dovud Najiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida to‘qnashuvni "hal qiluvchi jang" deb atab, u yangi bosqichga o‘tganini ma’lum qildi.

 

"Tolibon"ning 219-Omar-e-Salis diviziyasi ham jang bo‘lib o‘tganini tasdiqladi. Guruh bayonotiga ko‘ra, chegara qo‘shinlari besh nafar hujumchini o‘ldirgan. Shuningdek, hujumchilar Zebak tumaniga Pokistonning Chitral hududidan kirib kelgani iddao qilingan.

 

Nashr har ikki tomonning qurbonlar soni va voqea tafsilotlari haqidagi bayonotlarini mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini qayd etgan.

 

Qayd etilishicha, Badaчshonda so‘nggi haftalarda "Tolibon"ga qarshi qurolli muxolifat faolligi kuchaygan. Avvalroq Milliy qarshilik fronti (NRF) o‘z jangchilari Yaftal-e-Payin tumanidagi ayrim davlat idoralarini bir necha soat nazorat qilganini ma’lum qilgan edi. "Tolibon" bu da’voni rasman tasdiqlamagan.

 

Xavfsizlik bo‘yicha tahlilchilar Badaxshondagi qurolli faollikning kuchayishini aholining "Tolibon" boshqaruvidan noroziligi, boshqaruv, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq mahalliy muammolar bilan izohlamoqda.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.