Jahon

Xitoyda “Xunsya” tayfun sabab 700 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Guandun provinsiyasida kuchli shamol va jala yog‘ishi sabab favqulodda choralar kuchaytirildi.

Xitoyda “Xunsya” tayfun sabab 700 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Xitoyning Guandun provinsiyasi hukumati "Xunsya" tayfuni sabab 710 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p evakuatsiya Xuichjou va Shanvey shaharlarida amalga oshirilgan. Xuichjoudan 205 ming, Shanveydan esa 192 ming kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

 

26-iyul kuni Guandun provinsiyasiga yetib kelgan tayfun vaqtida shamol tezligi soniyasiga 45 metrgacha yetgan. Hozirda siklon shimol tomonga harakatlanib, asta-sekin kuchsizlanmoqda. Guandun, Szyansi va Xunan provinsiyalarida kuchli jala yog‘ishi yuzasidan ogohlantirish e’lon qilingan.

 

Qayd etilishicha, 19 ta shahar va 135 ta tumanda bo‘ron hamda suv toshqinlariga qarshi favqulodda choralar rejasi ishga tushirilgan. Bundan bir kun avval esa 340 ming kishi evakuatsiya qilingani ma’lum qilingan edi.

 

Shuningdek, Shantou, Shenchjen, Guanchjou va Dunguan shaharlarini o‘z ichiga olgan 12 ta shaharda "besh to‘xtatish" rejimi joriy etilgan. Uning doirasida korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, maktablar va bozorlar yopilgan, jamoat transporti harakati cheklangan hamda qurilish ishlari to‘xtatilgan.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"