Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi
Prezident farmoni bilan Sherzod Xodjayev energetika vaziri etib tayinlandi.

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmonlari bilan Energetika vazirligida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.
Farmonga muvofiq, Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilishicha, mazkur tayinlovdan avval Sherzod Xodjayevning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, Prezident farmoni bilan Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.








