O'zbekiston

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgani oqibatida aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolganini qayd etdi.

“Energetikadagi muammo mablag‘da emas, tizimni boshqarishda” —Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgani hamda yirik loyihalar izchil qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, ushbu davrda sohaga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, hududlarda 9,5 gigavatt quvvatga ega elektr stansiyalari ishga tushirilgan. Shuningdek, elektr va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun 30 trillion so‘m yo‘naltirilgan.

 

Shu bilan birga, Prezident energetika tizimidagi asosiy muammo moliyalashtirishda emas, balki boshqaruv va mas’uliyatda ekanini qayd etdi.

 

“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!”, — dedi davlat rahbari.

 

Yig‘ilishda Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi ijro intizomi hamda nazoratning yetarli emasligi tanqid qilindi. Ta’kidlanishicha, ayrim hududlarda elektr tarmoqlaridagi yuklama oldindan to‘g‘ri baholanmagani sababli avariyalar soni ortgan.

 

Ma’lum qilinishicha, iyun–iyul oylarining o‘zida qariyb 4 mingta avariya sodir bo‘lgan. Natijada aholi va tadbirkorlar ayrim hududlarda 8–10 soatgacha elektr ta’minotisiz qolgan.

 

Prezident har bir uzilishning iqtisodiyot va tadbirkorlarga yetkazayotgan zarari chuqur tahlil qilinmayotganini tanqid qilib, energetika tizimidagi har bir rahbar faoliyati eng avvalo fuqarolar va biznes subyektlari hayotida ijobiy natija berishi lozimligini ta’kidladi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"