O'zbekiston

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

Yangi energetika vaziri, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari ishdan olindi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida energetika tizimidagi jiddiy kamchiliklar tanqid qilinib, qator rahbarlarga nisbatan kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.



Yig‘ilishda Surxondaryo viloyatida qurilayotgan bug‘-gaz elektr stansiyasi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani qayd etildi. Ta’kidlanishicha, buning oqibatida stansiyaga gaz yetkazib berish uchun qo‘shimcha 300 million dollar sarflash zarurati yuzaga kelgan.



Shuningdek, tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari yetarlicha puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajatlar yuzaga kelishi xavfini oshirgani ta’kidlanib, mas’ullarga hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish topshirildi.



Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi.



Bundan tashqari, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Davlat rahbari natija bo‘lmagan taqdirda ular ham lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirdi.



Yig‘ilishda yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov hamda Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov bugundan boshlab mutlaqo yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.



Prezident, shuningdek, hududlar rahbarlari ham energetika masalalariga befarq bo‘lib o‘tira olmasligini qayd etdi.



“Hokimlar ham ‘Bu energetiklarning ishi’ deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"