Jahon

Ispaniyada jazirama oqibatida 3 800 dan ortiq odam vafot etdi

2026-yilning birinchi yarmi mamlakatda so‘nggi 65 yil ichidagi eng issiq davr bo‘ldi.

Ispaniyada jazirama oqibatida 3 800 dan ortiq odam vafot etdi

 

Ispaniyada 2026-yil boshidan buyon kuzatilayotgan jazirama issiq oqibatida 3 800 dan ortiq kishi vafot etdi.

 

Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakatda yuz bergan o‘rmon yong‘inlari qariyb 150 ming gektar hududni qamrab olgan. Yong‘inlar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

 

Pedro Sanches iqlim o‘zgarishlari, avvalo, aholining eng zaif qatlamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, yuqori harorat ayniqsa keksalar, bolalar, ochiq havoda mehnat qilayotgan fuqarolar hamda surunkali kasalliklarga chalingan insonlar uchun katta xavf tug‘dirmoqda.

 

Avvalroq Ispaniya meteorologiya xizmati 2026-yilning birinchi yarmi so‘nggi 65 yil ichidagi eng issiq davr bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyi kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng issiq iyun sifatida qayd etilgan bo‘lib, o‘rtacha havo harorati iqlim me’yoridan 3,2 darajaga yuqori bo‘lgan.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"