Jahon

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 3 200 nafardan oshdi

Epidemiya asosan mamlakatning sharqidagi Ituri viloyatida avj olmoqda.

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 3 200 nafardan oshdi


 
Kongo Demokratik Respublikasi sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda Ebola virusi bilan kasallanganlar soni 3 200 nafarga, vafot etganlar soni esa 1 405 nafarga yetgan. Bu so‘nggi bir sutka ichida yana 125 ta yangi holat va 51 ta o‘lim qayd etilganini anglatadi.


 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, epidemiya asosan mamlakatning sharqidagi Ituri viloyatida avj olmoqda. Qurolli guruhlar faoliyati, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar hamda tibbiyot xodimlariga uyushtirilayotgan hujumlar kasallikni jilovlash ishlarini jiddiy qiyinlashtirmoqda.


 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu epidemiya hali ham kengayish bosqichida ekanini bildirgan. Vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan omillardan biri kasallikni keltirib chiqargan Bundibugyo turidagi Ebola virusi uchun hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas. Shu sababli mutaxassislar infeksiya tarqalishini to‘xtatish uchun bemorlarni tezkor aniqlash, ularning yaqin aloqalarini kuzatish va qat’iy sanitariya choralarini kuchaytirishga urg‘u bermoqda.


 
Sog‘liqni saqlash mutaxassislari haqiqiy kasallanish va o‘lim holatlari rasmiy statistikadan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Ayrim chekka hududlarda tibbiy xizmatlarning cheklangani va xavfsizlik muammolari sabab barcha holatlarni o‘z vaqtida qayd etish imkoni bo‘lmayapti.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.