O'zbekiston

O‘zbekistonda 6 oyda qariyb 25 mingta nikoh bekor qilindi

Mamlakatda yarim yilda 92 mingdan ortiq nikoh tuzilgan.

O‘zbekistonda 6 oyda qariyb 25 mingta nikoh bekor qilindi

 

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 92,3 mingta nikoh va 24,8 mingta nikohdan ajralish holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni joriy hisob-kitoblarga ko‘ra 38 million 519,5 ming nafarni tashkil etgan.

 

Shundan 19 million 400,6 ming nafari erkaklar, 19 million 118,9 ming nafari ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Aholining 19 million 608,9 ming nafari shaharlarda, 18 million 910,6 ming nafari esa qishloq hududlarida istiqomat qilmoqda.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida respublika bo‘yicha 92,3 mingta nikoh qayd etilgan, 24,8 mingta nikohdan ajralish holati esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

 

Tashqi migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, hisobot davrida 1 ming 649 kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan, 5 ming 422 kishi esa chet davlatlarga ko‘chib ketgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ta’kidlashicha, aholini ro‘yxatga olishning yakuniy natijalari e’lon qilingach, mamlakatning doimiy aholisi soni aynan ushbu ma’lumotlar asosida rasman tasdiqlanadi.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"