O'zbekiston

O‘zbekistonda olti oyda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida, eng kam holat esa Buxoro viloyatida sodir bo'gan.

O‘zbekistonda olti oyda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

 

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 3 306 nafar fuqaro jabrlangan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida – 420 ta qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (311 ta), Toshkent viloyati (271 ta) va Farg‘ona viloyati (218 ta) joy olgan.

 

Eng kam yo‘l-transport hodisasi esa Buxoro viloyatida – 48 ta qayd etilgan.

 

Statistikaga ko‘ra, qolgan hududlarda quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etilgan: Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 114 ta, Andijon viloyatida – 160 ta, Jizzax viloyatida – 75 ta, Qashqadaryo viloyatida – 135 ta, Navoiy viloyatida – 83 ta, Namangan viloyatida – 196 ta, Surxondaryo viloyatida – 120 ta, Sirdaryo viloyatida – 50 ta hamda Xorazm viloyatida – 85 ta yo‘l-transport hodisasi.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"