O'zbekiston

Qo‘qonda kreditini to‘lamagan ayol mashinasi xatlangach, qarzlarini bir kunda to‘liq bartaraf etdi

Maʼlum bo‘lishicha, uning bankdan 317 mln krediti bo‘lgan.

Qo‘qonda kreditini to‘lamagan ayol mashinasi xatlangach, qarzlarini bir kunda to‘liq bartaraf etdi

MIBning Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan kredit qarzdorligi bo‘yicha ijro hujjati asosida qarzdorga tegishli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga olib kirildi.

 

Mashinasini juda yaxshi ko‘radigan ayol temir tulporining evakuatorda ketganini ko‘rib, chidab tura olmadi.

 

Natijada o‘sha kunining o‘zida 317 million so‘m asosiy qarz va 15 million 800 ming so‘m ijro yig‘imi to‘liq to‘landi.Qarzdorlik batamom bartaraf etildi.

 

Ijro hujjati amalda tamomlandi. Avtomashina esa yana o‘z egasi bag‘riga qaytdi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"