Jahon

Rossiya mehnat migrantlari uchun yangi talablarni joriy etdi

Yangi qonunga ko‘ra, migrantlar o‘zlari va qaramog‘idagi oila a’zolarini yashash minimumidan kam bo‘lmagan daromad bilan ta’minlashi shart bo‘ladi.

Rossiya mehnat migrantlari uchun yangi talablarni joriy etdi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlari uchun qo‘shimcha talablarni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

 

Hujjatga muvofiq, Rossiyada ishlayotgan xorijiy fuqarolar o‘zlari hamda mamlakatda yashayotgan qaramog‘idagi oila a’zolarini mintaqaviy koeffitsient hisobga olingan yashash minimumidan kam bo‘lmagan daromad bilan ta’minlashi shart bo‘ladi.

 

Agar ushbu talab bajarilmasa, migrantning patenti yoki ishlash ruxsatnomasi uzaytirilmaydi. Bunday holatda ular, jumladan, voyaga yetmagan farzandlari bilan 15 kun ichida Rossiyani tark etishi talab etiladi.

 

Qonunga ko‘ra, migrantlarning daromadlari soliq organlari tomonidan nazorat qilinadi. Soliq xizmati ularning daromadlari haqidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha Rossiya Ichki ishlar vazirligiga avtomatik ravishda taqdim etadi. Shuningdek, migrantlarning o‘zi ham har yili daromadini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim bo‘ladi.

 

Yangi tartib vaqtinchalik yashash va doimiy yashash ruxsatnomalarini bekor qilish asoslarini ham kengaytiradi. Daromad to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etilmasa yoki jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad belgilangan minimumdan past bo‘lsa, migrantning Rossiyada qolish muddati qisqartirilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, qonunga ko‘ra, migrantlarning farzandlari Rossiyada faqat ota-onasining ishlash ruxsatnomasi amal qilgan davrda yashashi mumkin. 18 yoshga to‘lgan migrant farzandlari esa 30 kun ichida mamlakatni tark etishi yoki patent olish uchun murojaat qilishi shart.

 

Mazkur qonun 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Ayrim normalar, jumladan, migrantlar daromadi haqidagi ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligiga elektron tarzda taqdim etish tartibi esa 2026-yil 1-oktabrdan amal qila boshlaydi.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"