Jahon

Rossiya urushni boshlamagan — Putin

Rossiya prezidentining aytishicha, Moskva Ukrainadagi urushni boshlamagan, balki Kiyev tomonidan boshlangan harbiy harakatlarga javob qaytargan.

Rossiya urushni boshlamagan — Putin

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainadagi urushni boshlamaganini, balki Kiyev tomonidan boshlangan harbiy harakatlarga javob qaytarganini ta’kidladi.

 

Putin ushbu bayonotni Harbiy-dengiz kuchlari kuni munosabati bilan Sankt-Peterburg shahrida Rossiya harbiy-dengiz floti xizmatchilari bilan uchrashuv chog‘ida bildirgan.

 

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Moskva harbiy amaliyotlarni boshlamagan, balki uning ta’kidlashicha, G‘arb ko‘magidagi Kiyev hukumati tomonidan Ukrainaning janubi-sharqida olib borilgan harbiy harakatlarga javob bergan.

 

“Biz hech qanday urush boshlamadik. Biz shunchaki Kiyev rejimi tomonidan G‘arb ko‘magida boshlangan, o‘sha paytdagi janubi-sharqiy Ukrainaga qarshi va Rossiyaga yo‘naltirilgan harbiy harakatlarga javob bera boshladik”, — dedi Vladimir Putin.

 

Mazkur bayonot Rossiya prezidentining Ukrainadagi mojaro yuzasidan navbatdagi rasmiy pozitsiyasi sifatida yangragan. Ukraina va G‘arb davlatlari esa mojaroning kelib chiqishi bo‘yicha Rossiya tomonidan bildirilayotgan bu talqinlarni rad etib keladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.