O'zbekiston

Samarqandda bir yigitni uch kishi kaltakladi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda bir yigitni uch kishi kaltakladi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, hodisa 23-iyul kuni soat 20:10 atrofida Samarqand shahrida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda tug‘ilgan J. G. o‘zining 1974-yilda tug‘ilgan qo‘shnisi U. A. bilan o‘zaro tortishib qolgan. Janjal davomida U. A. ning 1997-yilda tug‘ilgan o‘g‘li hamda yana ikki nafar tanishi mojaroga aralashib, J. G. ga qo‘l va oyoqlari bilan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan o‘sha kunning o‘zida tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlangan. Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"