O'zbekiston

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilgan.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sobiq Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Mirzayev va yana 8 nafar shaxsga oid jinoyat ishi yuzasidan hukm e’lon qilindi.



Sud hukmiga ko‘ra, sobiq Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Mirzayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish), 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (mansab vakolatini juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda suiiste’mol qilish) hamda 208-moddasi (hokimiyat harakatsizligi) bilan aybdor deb topildi.



Unga 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish hamda 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.



Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudlangan yana 8 nafar shaxs shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, hujjatlarni qalbakilashtirish hamda boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.



Shuningdek, sud hukmi bilan jinoyat oqibatida yetkazilgan zararlarni undirish belgilandi.



Qayd etilishicha, tayinlangan jazolar sudlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan kundan boshlab hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"