O'zbekiston

Surxondaryoda bog‘cha mudirasi 14 mln so‘m pora bilan ushlandi

U oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilinganini tasdiqlovchi hujjatlarga imzo qo‘yish evaziga tadbirkordan pul talab qilgan.

Surxondaryoda bog‘cha mudirasi 14 mln so‘m pora bilan ushlandi

 

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari 14 million so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bog‘cha mudirasi o‘zi rahbarlik qilayotgan hamda yana bir maktabgacha ta’lim tashkilotiga shartnoma asosida yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq qabul qilinganini tasdiqlovchi 10 kunlik hisobotlarga imzo va muhr qo‘yib berish evaziga tadbirkordan pul talab qilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u har bir bog‘cha uchun 7 million so‘mdan, jami 14 million so‘m so‘ragan.

 

Joriy yilning 20-iyul kuni Ichki ishlar organlari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi talab qilingan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi ("pora olish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"