O'zbekiston

Tibbiyot xodimlari farzandlari kontraktining 30 foizigacha subsidiya ajratiladi

Kamida 15 yil ishlagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ushbu subsidiyadan foydalanishi mumkin.

Tibbiyot xodimlari farzandlari kontraktining 30 foizigacha subsidiya ajratiladi

 

O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlarining oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt to‘lovini qisman qoplash uchun subsidiya ajratish tizimi joriy etildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mazkur subsidiyadan foydalanish huquqiga ega.

 

Subsidiya miqdori talabaning yillik kontrakt qiymatining 30 foizini tashkil etadi. Bunda ajratiladigan mablag‘ BHMning 15 baravaridan (6 million 180 ming so‘m) oshmaydi.

 

Mazkur subsidiya O‘zbekiston hududidagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to‘lovini qisman qoplash uchun ajratiladi.

 

Subsidiyadan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar arizalarni subsidiya.imv.uz portali orqali elektron shaklda topshirishlari mumkin.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"