Jahon

Ukrainada urush qurbonlari soni keskin oshdi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida tinch aholi orasidagi qurbonlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga oshgan.

Ukrainada urush qurbonlari soni keskin oshdi


 
Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi orasidagi talafotlar eng yuqori darajaga chiqmoqda. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 1 396 nafar tinch aholi halok bo‘lgani, 7 978 kishi yaralanganini qayd etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga yuqori.


 
Hisobotda aytilishicha, qurbonlar sonining keskin oshishiga Rossiya tomonidan dronlar, raketalar va boshqariladigan aviabombalardan keng foydalanilayotgani sabab bo‘lgan. Ayniqsa, front chizig‘i yaqinidagi hududlarda qisqa masofali dron hujumlari tinch aholi uchun eng katta xavfga aylangan.


 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida qisqa masofali dronlar oqibatida 418 kishi halok bo‘lgan, 2 437 kishi jarohat olgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravar oshgan.


 
BMT Inson huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi rahbari Danielle Bellning ta’kidlashicha, uzluksiz hujumlar nafaqat odamlar hayotiga zomin bo‘lmoqda, balki elektr, suv, tibbiyot va boshqa muhim infratuzilmalarga ham jiddiy zarar yetkazmoqda. Natijada millionlab ukrainaliklarning kundalik hayoti yanada og‘irlashmoqda.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"