O'zbekiston

“Chinor” metro bekati 29-iyuldan faoliyatini qayta boshlaydi

Rekonstruksiyadan so‘ng bekatdagi kunlik xizmat ko‘rsatish quvvati 40 ming nafargacha oshirildi.

“Chinor” metro bekati 29-iyuldan faoliyatini qayta boshlaydi

 

Toshkent metropolitenining rekonstruksiya qilingan “Chinor” metro bekati 29-iyuldan yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

 

Toshkent metropoliteni ma’lum qilishicha, “Chinor” metro bekatida olib borilgan rekonstruksiya va kengaytirish ishlari yakunlangan. Shu munosabat bilan bekat 29-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab yo‘lovchilar uchun to‘liq faoliyatini qayta boshlaydi.

 

Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi yig‘ilishi bayonnomasi asosida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan.

 

Yangilash jarayonida bekatning kirish va chiqish hududlari sezilarli darajada kengaytirilgan. Turniketlar soni 6 tadan 13 taga yetkazilgan, yo‘lovchilar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirildi hamda bekatdan bekatga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish imkoniyati yaratilgan.

 

Shuningdek, rekonstruksiya natijasida bekatning xizmat ko‘rsatish quvvati sezilarli darajada oshgan. Avval kuniga o‘rtacha 15 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bekat endilikda 35–40 ming nafargacha yo‘lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"