Jahon

Isroil Suriyaning janubida tahdidli varaqalar tarqatdi

Varaqalarda Isroil armiyasiga qarshi har qanday harakatni to‘xtatish talabi ilgari surilgan.

Isroil Suriyaning janubida tahdidli varaqalar tarqatdi

 

Isroil armiyasi Suriyaning janubidagi Dara va Qunaytra viloyatlari oralig‘ida joylashgan Yarmuk daryosi hududiga havodan tahdid mazmunidagi varaqalar tarqatdi.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, bu voqea mahalliy aholi Isroil qo‘shinlarining Suriya hududiga kirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida ayrim yo‘llarni toshlar bilan to‘sib qo‘yganidan keyin sodir bo‘lgan.

 

Tarqatilgan varaqalarda Isroil armiyasiga qarshi har qanday harakatni, jumladan yo‘llarni to‘sishni zudlik bilan to‘xtatish talabi ilgari surilgan. Shuningdek, Isroil harbiylari mintaqadagi operatsiyalarini “mavjud barcha vositalardan foydalangan holda” davom ettirishi haqida ogohlantirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Isroil armiyasi so‘nggi vaqtlarda Dara va Qunaytra hududlarida muntazam reydlar o‘tkazib, tintuvlar amalga oshirmoqda, nazorat punktlarini tashkil etmoqda hamda ayrim fuqarolarni hibsga olmoqda.

 

Bunga javoban mahalliy aholi Isroil qo‘shinlariga murojaat yo‘llab, o‘z hududlarini himoya qilishda davom etishini bildirgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Bashar Asad hokimiyati ag‘darilganidan so‘ng Isroil 1974-yildagi Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi bitimdan chetga chiqib, Dara va Qunaytra hududlarida harbiy postlar tashkil etgan. Shu davrdan buyon mazkur hududlarda 50 nafardan ortiq shaxs hibsga olingan.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"