Jahon

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Yun Sok Yol saylov qonunchiligini buzganlik bo‘yicha ham aybdor deb topildi.

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

 

Janubiy Koreya sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni saylov qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topib, unga qo‘shimcha 18 oylik qamoq jazosi tayinladi.

 

Reuters xabariga ko‘ra, tergov organlari Yun Sok Yolni 2022-yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasi davomida yolg‘on ma’lumot berganlikda ayblagan. Sud uni aybdor deb topib, qo‘shimcha ravishda bir yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, agar ushbu hukm apellyatsiya instansiyasida ham o‘z kuchida qolsa, Yun Sok mansub bo‘lgan Xalq hokimiyati partiyasi Milliy saylov komissiyasidan saylov kampaniyasi uchun olingan 39,7 milliard von (taxminan 27,1 million AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ni qaytarishi mumkin.

 

Sobiq prezident ayni paytda 2025-yilda davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq ish bo‘yicha tayinlangan umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Unga nisbatan jami kamida sakkizta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek, iyul oyi o‘rtalarida Yun Sok Yol saylovlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik bo‘yicha ham qo‘shimcha ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Uning rafiqasi, sobiq birinchi xonim Kim Kon Xi esa poraxo‘rlik va korrupsiya bilan bog‘liq bir nechta ayblovlar yuzasidan sudlanmoqda.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"