O'zbekiston

Jarima ballarini pul evaziga o‘chirishning imkoni yo‘q — IIV

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilarning jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogoh bo'lishga chaqirdi.

Jarima ballarini pul evaziga o‘chirishning imkoni yo‘q — IIV

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum miqdordagi pul evaziga haydovchilarning jarima ballarini bazadan o‘chirib tashlashni va’da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, jarima ballarini pul evaziga o‘chirishning texnik imkoniyati mavjud emas.

 

“Bu firibgarlikdan boshqa narsa emas. Jarima ballarini o‘chirishning texnik imkoniyatlari mavjud emas. Bu onlayn tarzda hisoblanadigan, to‘liq himoyalangan tizim. Shu bois fuqarolarimiz bunday firibgarlarning yolg‘on va’dalariga ishonib qolmasliklari kerak. Agar shunday holatga duch kelishsa, zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, — dedi Zoyir Yo‘ldoshev.

 

Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar Instagram orqali reklama qilingan xizmatga oid Telegram-kanalni o‘rganish jarayonida unda xizmatdan foydalangan mijozlar mavjuddek taassurot uyg‘otish maqsadida soxta yozishmalar joylashtirilganini aniqlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-apreldan boshlab avtomatik foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlanadigan ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima bilan bir qatorda jarima ballari ham hisoblanmoqda. Bular qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqish, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik hamda belgilangan tezlikni oshirish holatlaridir.

 

Hozirga qadar 700 nafardan ortiq haydovchi 12 balldan ortiq jarima ballari to‘plagani sababli ularni transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.