O'zbekiston

O‘zbekistonda harbiy forma ko‘rinishidagi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima joriy etiladi

Fuqarolarni chalg‘ituvchi va davlat organlari obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan formali kiyimlardan foydalanishga qarshi qonun loyihasini ma’qullandi.

O‘zbekistonda harbiy forma ko‘rinishidagi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima joriy etiladi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi davlat organlari xodimlarining harbiy va idoraviy formali kiyim-boshidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

 

Qayd etilishicha, davlat organlari, vazirlik va idoralar xodimlari uchun belgilangan formali kiyim-bosh ularning xizmat vakolatini ifodalovchi muhim ramz hisoblanadi. Bunday kiyim fuqarolarda ishonch uyg‘otishi, shuningdek, uni kiyib yurgan shaxsga qonun bilan belgilangan vakolat va mas’uliyat yuklanganini anglatadi.

 

So‘nggi yillarda ayrim tashkilotlar hamda fuqarolar tomonidan tasdiqlangan harbiy yoki idoraviy formaga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash kiyimlardan foydalanish holatlari kuzatilayotgani qayd etildi. Bu esa fuqarolarni chalg‘itishi, davlat organlari nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda ayrim shaxslarning o‘zini davlat xizmatchisi sifatida ko‘rsatib, fuqarolar ishonchini suiiste’mol qilishiga sharoit yaratishi mumkinligi ta’kidlandi.

 

Shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga davlat organlarining tasdiqlangan harbiy yoki idoraviy formali kiyim-boshiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash, shuningdek, unga xos farqlovchi belgilar yoki ramzlarga ega kiyimlarni joriy etganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

 

Deputatlar muhokamalar davomida qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, ayrim normalarni yanada takomillashtirish zarurligini qayd etdi. Yakunda hujjat birinchi o‘qishda qabul qilindi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"