Jahon

Rossiya va Shimoliy Koreya yangi strategik yo‘lakni yakunlamoqda

Ayrim tahlilchilar ko‘prik harbiy yuklarni tashish uchun muhim yo‘lakka aylanishi mumkinligini bildirmoqda.

Rossiya va Shimoliy Koreya yangi strategik yo‘lakni yakunlamoqda


 
Rossiya va Shimoliy Koreya Tuman daryosi ustidan o‘tuvchi tarixdagi ilk avtomobil ko‘prigi qurilishini yakunlash arafasida. Ko‘prik Rossiyaning Xasan shaharchasi bilan Shimoliy Koreyaning Tumangan hududini bog‘laydi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.


 
Loyiha 2024-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In imzolagan strategik hamkorlik shartnomasidan so‘ng boshlangan. Uzunligi qariyb 1 kilometr, eni esa 7 metr bo‘lgan ikki polosali ko‘prik deyarli bitgan. Biroq Rossiya tomonidagi bojxona va chegara infratuzilmasi hali to‘liq tayyor emasligi sababli uning ochilishi kechikmoqda.


 
Moskva va Pxenyan loyiha ikki davlat o‘rtasidagi savdo, logistika va turizmni rivojlantirishini bildirmoqda. Ammo Britaniyaning The Guardian nashri e'lon qilgan va ukrainalik Truth Hounds tashkiloti tayyorlagan tadqiqotga ko‘ra, ko‘prikning asl ahamiyati harbiy logistika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tahlilchilarning fikricha, avtomobil transporti orqali yuklarni tashish temiryo‘lga qaraganda sun’iy yo‘ldosh kuzatuvidan yashirish osonroq.


 
Hisobotda qayd etilishicha, ko‘prik Shimoliy Koreya harbiylari, qurilish brigadalari va rasmiylarini Rossiyaga tezroq olib o‘tish, shuningdek, Rossiyadan texnologiyalar va boshqa yuklarni Shimoliy Koreyaga yetkazishni osonlashtirishi mumkin. Tahlilchilarga ko‘ra, bu Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"