Jahon

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga oid ishni to‘xtatdi

Sud ishi bo'yicha Lombard Odier banki jarimaga tortildi, sobiq xodimga esa ikki yillik shartli qamoq jazosi tayinlandi.

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga oid ishni to‘xtatdi

 

Shveytsariya Federal Jinoyat sudi Gulnora Karimova ishi doirasida Jenevada joylashgan Lombard Odier xususiy bankini pul yuvishning oldini olish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rmaganlik uchun 3 million Shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, bankning sobiq xodimi og‘ir pul yuvish jinoyatida aybdor deb topilib, unga 2 yillik shartli qamoq jazosi tayinlandi.

 

Shu bilan birga, Gulnora Karimovaga nisbatan olib borilgan jinoyat ishi protsessual sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Sud uning aybdorligi yoki aybsizligi yuzasidan huquqiy baho bermagan hamda ayblovlarning mazmunini ko‘rib chiqmagan. Shu sababli ushbu qaror oqlov hukmi hisoblanmaydi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, Lombard Odier banki "Ofis" deb atalgan va tergov tomonidan jinoiy tuzilma sifatida baholangan tizim bilan bog‘liq hisobvaraqlar yuzasidan pul mablag‘larining kelib chiqishini yetarli darajada tekshirmagan. Tergov versiyasiga ko‘ra, mazkur mablag‘lar O‘zbekistondagi telekommunikatsiya loyihalari bilan bog‘liq korrupsion to‘lovlar orqali shakllangan.

 

Birinchi instansiya sudi, shuningdek, 400 million Shveytsariya frankidan ortiq aktivlarni musodara qilish haqida qaror chiqardi. Ushbu mablag‘larning yakuniy taqdiri hukm qonuniy kuchga kirishi va ehtimoliy apellyatsiya natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

 

Lombard Odier banki sud qarori ustidan shikoyat qilishini ma’lum qilib, o‘sha davrda pul yuvishga qarshi zarur ichki nazorat mexanizmlari amalda bo‘lganini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya va O‘zbekiston o‘rtasida avval Gulnora Karimova bilan bog‘liq musodara qilingan aktivlarning bir qismini BMTning maxsus ishonch jamg‘armasi orqali O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan. Mazkur mablag‘lar ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilangan.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"