O'zbekiston

Sobiq IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi

U davlat mulkini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bir qator moddalar bo‘yicha ayblanmoqda.

Sobiq IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi

 

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va yana 30 kishiga oid jinoyat ishi sudga oshirildi.

 

Sud ishlari jadvaliga ko‘ra, mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Dastlabki sud majlisi 29-iyul kuniga belgilangan.

 

Bekmurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda. Ish doirasida yana 30 nafar sudlanuvchi javobgarlikka tortilgan bo‘lib, ularning aksariyati ham mazkur moddaning tegishli bandlari bilan ayblanmoqda.

 

Sudlanuvchilar orasida Jazoni ijro etish departamentining sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov ham bor. U o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, shuningdek, mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha ayblanmoqda.

 

Ma’lumot uchun, general-mayor Bekmurod Abdullayev 2021-yil aprelidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U 2025-yil noyabr oyida lavozimidan ozod etilgan, 2026-yil yanvarida esa davlat mulkini yirik miqdorda talon-toroj qilishda gumonlanib qamoqqa olingan edi.

 

Avvalroq Prezident raisligidagi yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlari orqali 186 milliard so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirilgani ma’lum qilingan edi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.