Jahon

Sobiq isroillik harbiylar Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Netanyaxuning AQSHga tashrifi arafasida Isroilning sobiq harbiy va razvedka rahbarlari Trampni G‘arbiy sohildagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish, qonun ustuvorligini tiklash va aybdorlarni javobgarlikka tortishga undashni so‘ragan.

Sobiq isroillik harbiylar Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi


 
Isroilning iste'fodagi harbiy va xavfsizlik sohasi vakillarini birlashtirgan Commanders for Israel's Security tashkiloti AQSH prezidenti Donald Trampga ochiq maktub yo‘lladi. Uni 550 nafardan ortiq sobiq general, Mossad, Shin Bet, politsiya va diplomatik korpusning sobiq yuqori lavozimli amaldorlari imzolagan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.


 
Murojaatda G‘arbiy sohilda yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan sodir etilayotgan zo‘ravonliklar "ko‘chmanchilar terrori" deb atalgan. Mualliflarning ta'kidlashicha, vaziyat nazorat ostiga olinmasa, bu Isroil xavfsizligi va AQSHning mintaqadagi manfaatlariga jiddiy putur yetkazishi, hattoki 2023-yil 7-oktabr voqealaridan ham og‘irroq oqibatlarga olib kelishi mumkin.


 
Sobiq harbiylar Trampdan Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv chog‘ida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni ko‘chmanchilar zo‘ravonligini to‘xtatish, qonun ustuvorligini tiklash va aybdorlarni javobgarlikka tortishga undashni so‘ragan. Ularning fikricha, bunday hujumlar Isroilning xalqaro obro‘siga putur yetkazmoqda hamda Falastin bilan mojaroni yanada chuqurlashtirmoqda.


 
Ma’lumot uchun, Netanyaxu ayni kunlarda AQSHda bo‘lib, Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Muzokaralarda Eron bilan bog‘liq vaziyat asosiy mavzu bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa-da, G‘arbiy sohildagi keskinlashayotgan vaziyat ham kun tartibidan o‘rin olishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Sobiq isroillik harbiylar Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi | Zamon.uz