Jahon

Tojikistonda hijob, soqol va arabcha kiyimlarga cheklov kuchaytirildi

Mahalliy hokimiyat ayollarni an’anaviy tojik milliy liboslarini kiyishga chaqirmoqda.

Tojikistonda hijob, soqol va arabcha kiyimlarga cheklov kuchaytirildi

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston hukumati mamlakat milliy an’analariga zid deb baholangan kiyim-kechak va tashqi ko‘rinish elementlariga nisbatan cheklovlarni amalga oshirishni davom ettirmoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, "tojik madaniyatiga begona" deb e’tirof etilgan kiyimlarni kiyish va mamlakatga olib kirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Cheklovlar, asosan, ayrim turdagi hijoblar hamda arab uslubidagi kiyimlarga taalluqli ekani qayd etilgan.

 

Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borib, ayollarni an’anaviy tojik milliy liboslarini tanlashga chaqirmoqda.

 

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar diniy ekstremizm bilan bog‘liq deb baholanadigan soqol qo‘ygan erkaklar ustidan nazoratni kuchaytirgani aytilmoqda.

 

Tojikiston rasmiylari ushbu choralarni diniy radikalizm va ekstremizmning oldini olish, shuningdek, milliy qadriyatlarni asrashga qaratilgan siyosatning bir qismi sifatida izohlamoqda.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"