O'zbekiston

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

 

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan erkakning jasadi topildi.

 

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 1967-yilda tug‘ilgan erkakning jasadi aniqlangan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

 

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha har tomonlama, to‘liq va xolis tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli protsessual qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"