O'zbekiston

Toshkentda spa-salon niqobi ostida odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

Guruh qizlarni ish va’dasi bilan jalb qilib, ularni zo‘ravonlik va tahdid orqali jinsiy ekspluatatsiyaga majburlagan.

Toshkentda spa-salon niqobi ostida odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

 

Toshkent shahrining Mirobod tumanida spa-salon niqobi ostida odam savdosi va jinsiy ekspluatatsiya bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, gumonlanuvchilar turli ish va’dalari bilan ikki nafar qizni jalb qilib, ularni erkiga zid ravishda salonda ushlab turgan hamda tahdid va zo‘ravonlik orqali mijozlarga intim xizmat ko‘rsatishga majburlagan. Shu yo‘l bilan ular noqonuniy daromad orttirgani aniqlangan.

 

Jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, ularga nisbatan jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazilgan, qarshilik ko‘rsatgan hollarda kaltaklangan, tahdid qilingan hamda muassasani tark etishlariga yo‘l qo‘yilmagan.

 

Tezkor tadbir davomida yana yetti nafar ayolning ham massaj xizmati niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan. Gumonlanuvchilar intim xizmat ko‘rsatish evaziga 320 AQSH dollari va 6 million 250 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Hodisa joyidan olingan daliliy ashyolar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bunday turdagi jinoyatlarga qarshi tezkor tadbirlar izchil davom ettirilishini ma’lum qildi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"