O'zbekiston

Kosonda hokim o‘rinbosari fuqaro bilan janjallashgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga rasmiy munosabat bildirildi.

Kosonda hokim o‘rinbosari fuqaro bilan janjallashgani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumani hokimi o‘rinbosari ekani aytilgan shaxs ishtirokidagi video keng tarqaldi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, videoda aks etgan shaxs hokim o‘rinbosari emasligini ma’lum qildi.

 

Uyushma ma’lumotiga ko‘ra, videoda aks etgan shaxs O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Koson tumani bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ochilov hisoblanadi.

 

Qayd etilishicha, videoda fuqaroga nisbatan muomala va so‘zlashuv uslubi davlat xizmatchilari odob-axloq me’yorlariga mutlaqo zid bo‘lib, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bunday xatti-harakatlarni qat’iy qoralaydi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, xodimning xatti-harakatlariga amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘riladi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"