O'zbekiston

Namanganda bankdan qarzdorlik sabab yuk mashinalari xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 5 mlrd qarzdorligi bo‘lgan.

Namanganda bankdan qarzdorlik sabab yuk mashinalari xatlandi

Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasi asosida qarzdor MCHJ hisobidan undiruvchi “Turonbank” ATB foydasiga jami 5 890 729 800 so‘m qarzdorlikni solidar tartibda undirish belgilangan. Mazkur qaror Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.

 

Sud hujjatiga muvofiq, undiruv yuk avtomashinalarga qaratilgan.Ijro harakatlari davomida  avtomashinalar Toshkent viloyatining Angren shahri hududida harakatlanayotgani aniqlandi.

 

Shundan so‘ng davlat ijrochilari tomonidan mazkur transport vositalari qarzdorlik hisobiga xatlanib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish ishlari amalga oshirildi.

 

Ayni vaqtda avtomashinalar kelgusi ijro harakatlarini taʼminlash, shu jumladan qonunchilikda belgilangan tartibda baholash va realizatsiya qilish jarayonlarini tashkil etish maqsadida Namangan viloyatiga olib kelindi.

 

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida qonunchilik talablari asosida tegishli ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"