O'zbekiston

O‘zbekistonliklar Dubayga ishga taklif qilinmoqda

Tanlovdan o‘tgan nomzodlarga oyiga 2 250 AQSh dollari maosh to‘lanadi, asosiy xarajatlar esa ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

O‘zbekistonliklar Dubayga ishga taklif qilinmoqda


 
O‘zbekiston fuqarolari BAAning Dubay xalqaro aeroportida biznes va birinchi toifa yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan maxsus kutish zallarida xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashga taklif qilinmoqda. Vakansiyalar soni 80 ta bo‘lib, nomzodlar bilan 2 yillik mehnat shartnomasi tuziladi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.


 
Ish kuniga 8 soatni tashkil etadi. Oylik ish haqi 8 226 BAA dirham (taxminan 2 250 AQSH dollari) etib belgilangan. Mazkur daromaddan soliq ushlab qolinmaydi.


 
Nomzodlardan 20–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi, mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi, ovqat va ichimliklar xizmati sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi hamda ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi talab etiladi. IELTS, TOEFL yoki boshqa xalqaro til sertifikatiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.


 
Ish beruvchi ishchi vizasi, O‘zbekiston–BAA aviachiptasi, aeroportdan ish joyigacha transfer, ish ruxsatnomasi, tibbiy sug‘urta, turar joy, ovqatlanish va ish joyiga transport xarajatlarini to‘liq qoplaydi.


 
Nomzodlar arizalarni 13-avgustga qadar xorijdaish.uz sayti orqali topshirishi mumkin. Hujjatlar 3–7 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Talablarga mos kelgan nomzodlar 20–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan onlayn suhbat bosqichiga taklif etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar Dubayga ishga taklif qilinmoqda | Zamon.uz